
Koreya Respublikasi U17 terma jamoasi bosh murabbiyi: O‘zbekiston taktik jihatdan kuchli raqib
Koreya Respublikasi o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Byun Sung Hvan Osiyo kubogi saralash bosqichi o‘yinlaridan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi:
Saralash bosqichidagi ishtirok haqida
— Avvalo mehmondo‘stlik uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildiramiz. Bizni juda ham yaxshi kutib olishdi. Bu bosqichda jamoamiz bilan eng yaxshi o‘yinlarimizni ko‘rsatamiz, deb o‘ylayman.
O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida
— O‘zbekiston taktik jihatdan kuchli jamoa. Biz bu jamoani o‘rgandik. Jamoada yaxshi futbolchilar bor. Mazkur bosqichda bizni asosiy raqibimiz ham aynan O‘zbekiston hisoblanadi.
Jamoa bu bosqichgacha qanday yig‘inlar o‘tkazgani haqida
— Biz asosiy e’tiborimizni Osiyo kubogiga qaratilgandik. Etarlicha tayyorlandik, deb o‘ylayman. Saralash bosqichidan keyin Osiyo kubogi final bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz, degan umiddaman.
Fikrlar